Gochguli Gochguliyev
Gochguli Xanglyjovich Gochguliyev (turkmancha: Goçguly Hangylyjewiç Goçgulyýew; 1977-yil 26-may, Nebit-Dag, Turkmaniston SSR, SSSR) — futbolchilik faoliyatini yakunlagan turkman futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan, hozirda „Oltin Asr“ klubida bosh murabbiy.
Tarjimai holi
Balkanobod shahridagi Yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Oʻz faoliyatini 1994-yilda „Arkach”da boshlagan. Keyinchalik Turkmanistonning „Balkan“, „Byuzmeyin“, „Kopetdag“ kabi klublarida toʻp surgan.
2001-yilda Qozogʻistonning „Irtish“ klubida oʻynagan.
2002-yili Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston chempionatida debyut qilgan. „Paxtakor“da 4 karra Oʻzbekiston chempioni (2002, 2003, 2004, 2005) boʻlgan.
2006-yili Qozogʻistonning „Qayrat“ klubiga oʻtgan. U yerda bir mavsum oʻtkazdi va 2007-yilda ikkinchi davradan Oʻzbekistonga qaytib, 2010-yilgacha Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida toʻp surdi.
2011-yilda vatani Balkanobodga qaytib, mahalliy „Gara Oltin“ futbolchisiga aylandi, 2012-yilda futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunladi.
Yutuqlari
Jamoaviy
Shaxsiy
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org