Gobriy




Gobriy (qad. fors. Gaubaruva) — fors zodagoni, Mardoniynint oʻgʻli. Mil. av. 522 yil sentabrda 6 ta fors zodagoni bilan birgalikda kohin Gaumatani oʻldirishda qatnashgan. Mil. av. 520 yil forslar hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan elamiylar qoʻzgʻolonini bostirishga rahbarlik qilgan. Mil. av. taxminan 514 yil skiflarga qarshi Shimoliy Qora dengiz sohillariga qilingan yurishda Doroga hamroh boʻlgan. Doro davrida G. podsho nayzabardorlari boshligʻi edi. Uning urugʻ-avlodlari Gaumatani oʻldirishda qatnashgan boshqa fors zodagonlarining urugʻ-avlodlari qatori Axomanishshr davlatining soʻnggi kunlarigacha katta imtiyozlarga ega boʻlishgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz