Gobi ayigʻi
Gobi ayigʻi (Ursus arctos gobiensis), moʻgʻul tilida Mazaalai (Мазаалай) nomi bilan tanilgan), Moʻgʻulistonning Gobi choʻlida joylashgan qoʻngʻir ayiqning (Ursus arctos) kichik turi. Moʻgʻulistonning yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlarning Qizil kitobi va IUCN standartlari boʻyicha yoʻqolib ketish xavfi ostidagi jonivorlar roʻyxatiga kiritilgan. Uzoq muddatli DNK populyatsiyasi demografik tadqiqotiga asoslanib, populyatsiya 2017-yilda 40 tadan kam qolishi aniqlangan va reproduktiv izolyatsiyaga erishish uchun boshqa qoʻngʻir ayiq populyatsiyalaridan yetarlicha masofa bilan ajratilgan. 1959-yilda oʻlayotgan kichik turlarni saqlab qolish uchun bu hayvonni ovlash taqiqlangan.
Ekologik moslashuv
Gobi ayiqlari asosan ildiz, rezavorlar va boshqa oʻsimliklar, baʼzan kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ularning yirik sutemizuvchilarni ovlashlari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. Qoʻngʻir ayiqlarning boshqa kenja turlari bilan solishtirganda bu ayiqlarning vazni ancha yengil, voyaga yetgan erkak ayiqlarining vazni taxminan 96.0–138.0 kilogram (211.6–304.2 lb) va urgʻochilari esa 51.0–78.0 kilogram (112.4–172.0 lb) atrofida boʻladi. Gobi ayiqlari evolyutsiyaga uchragan va bunday oʻta issiq choʻl iqlimida yashashga moslashgan yagona ayiqlardir.
Genetik xilma-xillik
Gobi ayiqlari qo'ng'ir ayiqning har qanday kichik turida kuzatilgan genetik xilma-xillikning eng past koʻrsatkichlar orasida soʻnggi oʻrinlarni egallaydi. Gobi ayiqlariga oʻxshash genetik xilma-xillik darajasi faqat Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Pireney togʻlarida joylashgan jigarrang ayiqlarning kichik populyatsiyasida qayd etilgan. Past genetik xilma-xillik gobi ayiqlarining erkaklar va urgʻochilarning jinsiy nisbati juda egri boʻlishi natijasidir. Bu koʻpayish va populyatsiyaning kamligining asosiy sababidir. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ularning DNKsida har bir lokusda kam miqdordagi allellar mavjud. Bu shuni anglatadiki, Gobi ayigʻi DNKsi moʻrt va shuning uchun bu holat ularning koʻpayishiga salbiy taʼsir qiladi.
Tadqiqot
Tarixiy jihatdan, morfologiyaga asoslanib, Gobi qoʻngʻir ayigʻi, baʼzan, Tibet ko'k ayig'i bilan bir xil kenja turlar sifatida tasniflangan. Biroq, yaqinda oʻtkazilgan filogenetik tahlil shuni koʻrsatdiki, Gobi ayigʻi va Himoloy qoʻngʻir ayigʻi umumiy ajdodlarga ega boʻlsa-da, ikkala ayiq populyatsiyasi ham genetik jihatdan izolyatsiya qilingan.
Yovvoyi tabiatda 40 tadan kam gobi ayiqlarini uchratish mumkin. Gobi ayiqlari Moʻgʻulistonning janubi-gʻarbiy qismida taxminan 23,619 kilometr yerni egallagan hududda yashaydilar. Oziq-ovqat va suv tanqisligi tufayli bu raqam qariyb oltmish foizga kamaydi. Ular rezavorlar, oʻsimliklar, hasharotlar va baʼzan kemiruvchilarni isteʼmol qiladilar.
Iqlim oʻzgarishi va konchilik sanoatining rivojlanishi gobi ayiqlarining yoʻq boʻlib ketish arafasida ekanligining ikkita asosiy sababidir. Choʻllar issiq va avvalgidan quruqroq boʻla boshlaganligi sababli, ayiqlar uchun suv va oziq-ovqat kabi resurslarni topish qiyinlashdi. Shuningdek, inson manfaatlariga koʻra, togʻ-kon qazib olish qimmatbaho yerlarni oʻzlashtirib, atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni ochiq havoga koʻp miqdorda chiqarishi ham mazkur ayiqlar populyatsiyasiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Baʼzi tadqiqotchilarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, gobi ayiqlarining atigi 25 tagacha turi qolgan. Dagʻal choʻl tabiiy muhitida bu turning populyatsiyasini beqaror holatga keltirish mumkin.
Manbalar
Havolalar
Adabiyotlar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
uz.wikipedia.org