Gobaojou
Gobaojou (xitoycha: 锅爆肉, shuningdek Guo
bao rou ) — xitoy oshxonasi taomi boʻlib, kraxmalda qovurilgan choʻchqa goʻshti nordon-shirin sous bilan tortiladi. Taom Xitoyning shimoli-sharqiy qismi va, xususan, Xarbin shahri uchun xosdir.
Yaratilish tarixi
Taom 1907-yilda Xarbinlik oshpaz Chjen Ven tomonidan Xitoyning Sharqiy temir yoʻli qurilishi munosabati bilan shaharga kelgan ruslar uchun ixtiro qilingan. Taomni tayyorlash gʻoyasi uning xotinidan chiqqan, xotinining millati rus boʻlgan. Pekin taomi „qovurilgan choʻchqa goʻshti boʻlaklari“ asos qilib olingan, unga oshpaz shakar qoʻshib, taomning taʼmini shoʻrdan shiringa oʻzgartirgan, shunda u rus mehmonlarining didiga mos boʻlgan.
Tayyorlanishi
Taomning asosiy masalliqlari choʻchqa goʻshti, kraxmalli klyar, shakar va sirkadan tayyorlangan sousdir. Kraxmalli choʻchqa goʻshti birinchi navbatda oʻrta olovda, keyin yuqori olovda qovuriladi. Shundan soʻng, u shirin-nordon sousda bilan tortiladi, odatda tarkibida sirka (uni ketchup bilan almashtirish mumkin) va eritilgan shakar mavjud. Tayyor taom qahrabo rangga ega, chaynalganda esa aniq qarsillashi eshtiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org