Go Woo-ri




Go Woo-ri (koreyscha: 고우리; 1988-yil 22-fevralda tugʻilgan), Woori mononimi yoki Go Na-eun nomi bilan mashhur janubiy koreyalik qoʻshiqchi, reper va aktrisa. U Janubiy Koreyaning Rainbow qizlar guruhi va uning ostidagi kichik guruhi Rainbow Blaxx aʼzosi edi.

Faoliyati



2009-2016: Rainbow va Rainbow Blaxx



2009-yil 12-noyabrda Vuri Rainbow (oʻzbekcha: Kamalak) qizlar guruhining asosiy reperi sifatida Gossip Girl mini-albomining chiqishi bilan debyut qilgan. Oʻshandan beri Rainbow yettita mini-albom va ikkita studiya albomini chiqargan.

2014-yil yanvar oyida DSP Woori Jaekyung, Seungah va Hyunyoung aʼzolari bilan birga Rainbowning ikkinchi boʻlinmasini tashkil etishini eʼlon qilgan. 2014-yil 20-yanvarda Rainbow Blaxx deb nomlangan kichik birlik RB Blaxx mini-albomining chiqishi bilan debyut qilgan.

2016-yil 27-oktyabrda DSP leybli aʼzolar shartnomasining muddati tugayotgani uchun Rainbow 12-noyabrda tarqalib ketishini eʼlon qilgan.

2010-yildan hozirgi kungacha: yakkaxon faoliyat



2010-yilda Vuri Heartbeat filmida aktrisa sifatida debyut qilgan.

2011-yil 10-noyabrda u You're My Pet filmida rol ijro etgan. 2011-yil oktyabr oyida Vuri Invincible Youth filmining ikkinchi mavsumida suratga tushadi.

2012-yil 27-fevralda u KBS2 telekanalining I Need a Fairy filmida debyut qilgan.

2013-yilda u The Clinic for Married Couples: Love and War telekoʻrsauvida suratga tushgan. U, shuningdek, Reply 1994 teleserialida kameo rolida ishtirok etgan.

2016-yilda u Start Again filmida oʻzining birinchi bosh rolini ijro etdi.

2019-yilda u Love in Sadness filmida rol ijro etgan. 2019-yil 3-noyabrda u oʻzining sahna ismini yana Go Woo-riga oʻzgartirgani eʼlon qilingan.

2020-yilda u True Beauty filmida rol oʻynadi. 2021-yilda u Hello, Me! filmiga jalb qilingan.

Shaxsiy hayoti



2022-yil 15-iyun kuni agentlik Go oʻzidan 5 yoshdan katta biznesmen bilan munosabatda ekanligini tasdiqlagan. keyinroq 4-avgust kuni Go agentligi uning mashhur boʻlmagan yigitiga 3-oktyabrda turmushga chiqishini tasdiqlagan.

Filmografiyasi



Film




Teleserial




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz