Gnu (hayvon)




Gnu (lotincha: Connochaetes) — kuvushoxlilar oilasi urugʻi. Tanasining uz. 170—240 sm, yagʻrinidan bal. 90—145 sm. Shoxlari (uz. 85 sm gacha) yaxshi rivojlangan. Tanasining oldingi qismida yunglari uzun, yeli bor. 2 turi Janubiy va Jan.-Sharqiy Afrikada oʻt va butali dashtlarda tarqalgan. Kichik guruh boʻlib oʻtlab yuradi. 1, baʼzan 2 bola tugʻadi. Soni juda kamayib ketgan, asosan milliy bogʻlarda uchraydi. Afrika okdum G.si (C.gnou) hozir faqat tutqinlikda saqlanib qolgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz