GNOMON (Yunoncha gnomon — bilimdon) — qadimgi astronomik asbob. Tekis maydonga o’rnatilgan tik ustuncha (sterjen) dan iborat. Gnomon soyasining uzunligi va yo’nalishiga qarab Quyoshning ufqdan balandligi va azimutini, tush vaqtini aniqlash mumkin. Ilgari Gnomon yordamida ekvatorning ekliptikaga og’maligini va geografik kenglikni aniqlashgan, hozir Gnomondan quyosh soati sifatida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish