Glyukokortikoidlar




Glyukokortikoidlar - odam va umurtqali hayvonlar buyrak usti bezlarining poʻstlogʻidan chiqadigan gormonlar. Kimyoviy tuzilishiga koʻra steroid. Gipofiz taʼsirida xolesterindan hosil boʻladi. Adrenokortikotrop garmon G. sekresiyasini oshiradi. Organizm hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar (qarang Stress, Adaptatsiyey sindrom) roʻy berganda G. koʻp ishlab chiqariladi. Asosiy G.: gidrokortizon, kortizon, kortikosteron, 11-degidrokortikosteron. G. asosan uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi, jigarda oqsillardan glikogen sintezlanishiga va glyukoza hosil boʻlishiga yordam beradi; yuqori molekulali yogʻ kislotalarining biosinteziga toʻsqinlik qiladi. G. biriktiruvchi va limfa toʻqimalari faoliyatini susaytirib, turli yalligʻlanishlar rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi. G. va ularning sintetik analoglari(gidrokortizon-atsetat, prednizolon) tibbiyot va veterinariyada keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz