Global innovatsion indeks




Global innovatsiya indeksi - har yil eʼlon qilinadigan innovatsiyalar sohasidagi reyting boʻlib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida boʻlgan mamlakatlarning innnovatsion rivojlanishini baholovchi xalqaro tadqiqot nashri.

Tarixi



Mazkur reyting 2007-yildan buyon Kornell universiteti, INSEAD biznes maktabi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, maʼlumotlar har yili nashr etib kelinmoqda. GII 7 ta yoʻnalish va 21 ta guruhga boʻlingan 80 ta koʻrsatkichlarni oʻz ichiga oladi. Global innovatsion indeks koʻrsatkichlarining 15 tasini xalqaro indekslardan, 4 tasini Jahon iqtisodiyot forumi tomonidan oʻtkaziladigan soʻrovnomalardan va 61 tasini tegishli tashkilotlarning miqdoriy statistik maʼlumotlar bazasidan va boshqa tadqiq etish yoʻli bilan har yilning oktabr oyidan keyingi yilning fevral oyiga qadar yigʻib mamlakatlar reytingini tuzadi.

Hisoblash metodologiyasi



Jami 80 ta koʻrsatkichlar 2 ta kategoriyaga kiruvchi 7 ta yoʻnalishga va 21 ta guruhga boʻlingan. Yoʻnalishlar bali mavjud emas, ammo 2 ta subindeks (Innovation input va Innovation output) hamda 21 guruh ballari va reyting ularning ichiga kiruvchi koʻrsatkichlarning oʻrta arifmetik miqdori orqali hisoblanadi.

Hisoblash koʻrsatmalari

Koʻrsatkichlar boʻyicha texnik ma'lumotlar



Indeksdagi 80 ta koʻrsatkichlarning har birida mamlakatga tegishli ball va ushbu ball asosida barcha davlatlar orasidagi oʻrni belgilanadi. Koʻrsatkichlar miqdoriy shu bilan birga sifatiy boʻlgani sababli ularning ballarini hisoblash usullari bir-biridan farq qiladi. Koʻrsatkichlarni quyidagi turlarga boʻlishimiz mumkin.

Miqdoriy koʻrsatkichlar

Ushbu turdagi 58 ta koʻrsatkichlar turli ochiq va xususiy manbalardan olinadi. Bular United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization (UNESCO), the United Nations Industrial Development Organization (UNIDO), the World Intellectual Property Organization (WIPO), the World Bank, the Joint research Centre of European Commission (JRC), PwC, Thomson Reuters, IHS Markit, Wikimedia Foundation, Brand Finance, AppAnnie.

Indeks va reytinglardan olingan koʻrsatkichlar

Ushbu 18 ta koʻrsatkich boshqa reyting va indekslardan olinib hech qanday hisoblash oʻtkazilmaydi.

Sifatiy/soʻrovnoma koʻrsatkichlari

Jahon Iqtisodiy forumining "Rahbarlar fikri soʻrovnomasi" (Executive Opinion Survey EOS) tarkibidan 4 ta koʻrsatkich olinadi.

Koʻrsatkichlar ballarini hisoblash



Koʻrsatkichlar boʻyicha statistik ma'lumotlar asosida hisoblangan qiymatlar oʻrniga qiymatiga koʻra 0 dan 100 gacha boʻlgan ball belgilanadi. Bunda, tegishli koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan davlat 100 ball va koʻrsatkichi eng past davlat 0 ball oladi.

Mamlakatlarni reytingga kiritish talablari



Davlatlarning reytingga kirish talablariga asosan mamlakatlar subindekslaning har biridan kamida 66% koʻrsatkichlari boʻyicha ma'lumot taqdim etilgan boʻlishi kerak. Bunda, birinchi 5 ta yoʻnalishga kiruvchi istalgan 35 ta koʻrsatkich va oxirgi 2 ta yoʻnalishga kiruvchi istalgan 18 ta koʻrsatkich boʻlishi kerak. Taqdim etilmagan koʻrsatkichlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.

Maʼlumotlar manbai



Global innovatsiya indeksini tuzuvchi tashkilot maʼlumotlarni mustaqil ravishda 28 ta xalqaro tashkilotlardan olinadi. Xalqaro tashkilotlar oʻz navbatida maʼlumotlarni bazalariga soʻrovnomalar tarqatish yoki boshqa instrumentlar orqali mamlakatlardan oladi. Koʻrsatkichlarning 4 tasi Jahon bankining Doing Business reytingidan, 4 tasi Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksidan, 4 tasi Jahon bankining World Governance Indicators reytingidan va 1 tasi BMT davlat boshqaruvi (e-Government Survey) reytingidan olinadi.

Reyting



2021-yil natijalari boʻyicha yuqori 50 talik

Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz