Global Brigades Global bo‘linmalar
Global brigadalar (inglizcha — Dunyo boʻlinmalari) - talabalarning eng yirik xalqaro notijorat tashkiloti. Maqsadi koʻngilli talabalarni jalb qilgan holda qashshoq-kambagʻal mamlakatlardagi qishloq jamoalari farovonligini oshirishga qaratilgan
2011-yilda turli universitetlardan 4127 talaba Global boʻlinmalar dasturlarida ishtirok etdi. Talabalar boʻlinmalari kamida 30 kishidan iborat boʻlib, ular 7-10 kun davomida zimmasiga tushgan muddatda qishloq jamoasida ishlaydi va belgilangan muddatdan keyin boshqa ishchi guruhi bilan almashtiriladi. Bitta universitet maʼlum bir jamoani 3-4 oy davomida koʻngillilar bilan taʼminlaydi. Ushbu boʻlinmalar faoiliyati, asosan, Honduras, Panama, Nikaragua va Gana davlatlarida amalga oshiriladi.
Tashkilot 9 ta maqsadli dasturni ishlab chiqqan boʻlib, koʻngillilar ayni maqsadlarni amalga oshirish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaydi va muayyan ijtimoiy muammoni hal qiladi.
.
Qishloq hayotning ushbu sohalarida ijobiy muvozanatga erishilganida, Global Brigadalar u yerni tark etadi va oʻz faoliyatini boshqa joyga yoʻnaltiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org