GLIVISE



GLIVISE — Polshaning Janubi- g’arbidagi shahar, Katovise voevodaligida. Aholisi 215 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni, Glivise kanali bo’yidagi muhim Daryo porti. Yuqori Sileziya toshko’mir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Og’ir mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, po’lat eritish korxonalari, ko’mir shaxtalari, politexnika instituti, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Glivise shahar sifatida 13-asr oxiridan ma’lum.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz