Glitsin




Glitsin — 1) glikokol, aminosirka kislota, NH2—SN2— SOON; rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 232—236° (parchalanadi), mol. m. 75,07, zichligi 1595 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi, koʻpchilik organik erituvchilarda erimaydi. Oqsil moddalarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi; 2) p-oksifenil aminosirka kislota, HOC6H4NHCH2COOH; suyuqlanish temperaturasi 245—247°. Ishqorlar va kislotalarda yaxshi eriydi, suvda va spirtda yomon eriydi, fotografiyada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi.

Glitsin  — amin sirka kislotasi, eng oddiy almashadigan amin kislotasi. Barcha oqsillarning tarkibiga kiradi, tirik organizmda boʻshda uchraydi. Glitsin — koʻplagan proteinlar bilan biologiyalik qoʻshilishlarning (glutation, kreatin v.h.) tarkibiga kiradi. Tirik hujayralarda glitsindan porfirinlar va purin asoslari tuziladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz