Glitseridlar




Glitseridlar , atsilglitserinlar — glitserin bilan organik yoki mineral kislotalarning murakkab efirlari. Molekuladagi kislota qoldigʻiga qarab mono-, di- va triglitseridlarga boʻlinadi. G.da izomerlar mavjud boʻlib, bu ular tarkibiga kiruvchi qoldiqlarning joylashuviga bogʻliq. Anorganik kislotalar glitseridlaridan nitrat kislota triglitseridi — nitroglitserin katta ahamiyatga ega. Karbon kislotalarning G.i oʻsimlik va hayvon yogʻlarining tarkibiy qismidir. Ular tegishli karbon kislotalarni glitserin bilan eterifikatsiyalab olinadi.

Stearin, olein, palmitin kislotalarning G.i oziq-ovqat yogʻlarining emulgator va stabilizatori, turli kremlar, plastifikatorlar va surkov moylari, sovun olishda xom ashyo sifatida qoʻllaniladi. Nitroglitserin shifobaxsh dori hamda portlovchi moddalar komponentidir.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz