Glinka koʻchasi (Toshkent)




Glinka koʻchasi  — Yakkasaroy tumani hududidagi koʻcha. Shota Rustaveli va Nukus koʻchalari orasidan oʻtgan. Uzunligi 1,2 km.

Shahar kengayishi munosabati bilan 1950-yillarda tashkil topgan. 1954-yil 17-martda rus kompozitori Mixail Glinka (1804-57) nomi berilgan.

Koʻcha yoʻnalishida Toshkent shahar davlat avtomobil nazorati boshqarmasi, shaxsiy turar joy binolari, turli korxona va tashkilotlarning ofislari, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari joylashgan. Koʻcha yaqinida Gruziya, Isroil va Tojikiston davlatlarining Oʻzbekistan Respublikasidagi elchixonalari, „Karvon“ restorani, notarial idoralar bor.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz