Glenn Middleton
Glenn Middlton (inglizcha: Glenn Middleton) 2000-yil 1-yanvarda Glazgoda tugʻilgan. Glenn Middlton shotlandiyalik futbolchi, „Rangers“ va Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoalarida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Hozirda u „Sent-Jonston“ klubida ijara asosida oʻynamoqda.
Jamoalardagi faoliyati
Glazgolik Glenn Middlton bolaligidan „Rangers“ga muxlislik qiladi. 2008-yilda uning oilasi Nortgemptonga koʻchib oʻtgan. U yerda Glenn Middlton „Nortempton Town“ futbol akademiyasida mashgʻulot oʻtkazgan.
2012-yilda Glenn Middlton „Norvich City“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2017/18-yilgi mavsumda u „43“ raqami ostida maydonda toʻp surgan va shu tariqa u asosiy tarkibga kiritilgan. Hamda 2017-yil 18-yanvarda „Sautgempton“ jamoasiga qarshi Angliya kubogi uchinchi bosqichi oʻyin tarkibiga kiritilgan. Biroq Glenn Middlton „Norvich City“ning asosiy jamoasi safida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.
2018-yilning 31-yanvarida Glenn Middlton o‘zining tug‘ilgan Glazgosidan Shotlandiyaning " Rangers " klubiga qo‘shilgan. Uning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Graham Marty ilgari „Norvich City“ 18 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan va Middltonni tanigan. Biroq, Glenn Middlton 2018-yil 12-iyulda Ibroksda Makedoniyaning „Shkupi“ klubiga qarshi Yevropa ligasining birinchi saralash bosqichidagi oʻyinda maydonga tushib, Marti vorisi Stiven Jerrard qoʻl ostida Rangersning asosiy jamoasida debyut qilgan. 15-sentyabrda Glenn Middlton „Rangers“ safida oʻzining birinchi golini „Dandi“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan.
Terma jamoadagi faoliyati
Glenn Middlton Shotlandiyaning 16 yoshgacha boʻlgan yoshlardan boshlab turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2018-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida debyut qilgan.
Statistika
2022-yil 23-may holatida
Manbalar
uz.wikipedia.org