Glen Lovens
Glenn Loovens (talaffuzi: Glen Lovens; 1983-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — Gollandiyalik sobiq professional futbolchi, oxirgi marta EFL Championshipning Sunderland klubida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati
Loovens oʻn ikki yoshida Feyenoord yoshlar akademiyasi bilan shartnoma imzoladi. 2001-yilda murabbiy Bert van Marwijk asosiy jamoaga oʻtkazdi.
Niderlandiya
Loovens 2001—2002-yilgi mavsumda „Feyenoord“ jamoasida PSV Eindhovenga qarshi debyut qilgan. Keyingi mavsumlarda himoyadagi oʻrnini yana Patrick Paauwega boy berdi. Yevropa ligasidagi debyutini 19 yoshida, 2002-yil 23-oktyabrda Kiyevning Dynamosiga qarshi o‘yinda (2:0) o‘tkazgan.
Cardiff City
Loovens 2005—2006-yilgi mavsumni Chempionshipning Cardiff City klubida ijara asosida oʻtkazdi. Bir necha oydan soʻng 250 000 funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. 2007—2008-yilgi mavsumda Loovens 12-mart kuni Hull Cityga qarshi oʻyinda oʻynadi, bu uning Cardiff safida barcha musobaqalardagi 100-uchrashuvi boʻldi.
Celtic
2008-yil yozda Loovensga Celtic va Rangers klublari qiziqish bildirdi. 2008-yil 16-avgustda Loovens Shotlandiya chempioni „Celtic“ga taxminan 2,1 million funt sterling evaziga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshilgani maʼlum boʻldi. „Celtic“da debyutini 2008-yilning 23-avgustida Falkirkga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazdi.
Sheffield Wednesday
Loovens 2013-yil dekabr oyida Sheffield Wednesday jamoasi bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi. Keyin klub bilan shartnomasini 2014-yilning mayigacha uzaytirishga qaror qildi.
Sunderland
2018-yil iyul oyida Loovens Sunderland bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2019-yilning 22-avgustida „Sunderland“ni tark etishi maʼlum bo‘ldi.
Xalqaro faoliyati
Loovens 2009-yil 5-sentabrda Gollandiya terma jamoasi safida Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:0) ilk bor tarkibga kiritildi. Avvalroq ikki marta 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi safida maydonga tushgan hamda 2001-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Gollandiyani himoya qilgan.
Statistika
22-avgust, 2019-yil
Yutuqlari
Feyenoord Cardiff City Celtic Manbalar
uz.wikipedia.org