Glen Kamara
Glen Adjei Kamara (1995-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik professional futbolchi, Scottish Premiership „
Rangers “ klubi va Finlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
U oʻzining faoliyatini „Arsenal“da boshladi, u yerda Football League kubogida bir marta zaxiradan maydonga tushgan va keyinchalik „Southend United“ va „Colchester United“ jamoalarida ijarada oʻynagan. Dundee jamoasida 18 oydan soʻng, u 50 ming funt evaziga Shotlandiya Premer ligasining „
Rangers “ jamoasiga qoʻshildi. U 2020-21-yilgi mavsumda liga chempionligini qoʻlga kiritganida, PFA Shotlandiyada yilning eng yaxshi jamoasi sifatida eʼtirof etildi.
Kamara 2017-yilda Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan. U UEFA Yevro 2020 turniri uchun klubning tarkibiga kiritilgan.
Klublardagi faoliyati
Tampere shahrida (Finlandiya) serra-leonelik oilada tugʻilgan Kamara oʻz faoliyatini Angliyada Westway of Ladbroke Grove jamoasida boshlagan, 2012-yilda Arsenalga oʻtishdan oldin Southend United yoshlar jamoasida oʻynagan.
Kamara dastlab klub akademiyasiga qoʻshildi. U 2014-yil dekabr oyida „Arsenal“ning „Galatasaroy“ga qarshi Chempionlar ligasi oʻyinida zaxirada qoldirildi. Kamara 2015-yilning 27-oktabr kuni 20 yoshga toʻlishidan bir kun oldin „Arsenal“ safidagi yagona oʻyinini „Sheffild Wednesday“ga qarshi oʻtkazdi.
2016-yilning 22-yanvarida Kamara mavsumning qolgan qismini ijara asosida League One klubi Southend jamoasida oʻtkazdi. U barcha oʻyinlarda asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida oʻynadi.
Dundee
2017-yilning 13-iyulida Kamara Dundee bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini Shotlandiya Liga kubogi doirasidagi „Raith Rovers“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi boʻldi.
Rangers
2019-yilning 5-yanvarida Kamara „Rangers“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. 31-yanvar kuni bu kelishuv ikki klub oʻrtasida 50 000 funt sterlinga baholandi. U 2019-yilning 27-fevralida oʻzining sobiq klubi Dundee ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda professional faoliyatidagi ilk golini kiritdi.
2021-yil 18-mart kuni Kamara Praganing „Slavia“ klubi futbolchisi Ondjey Kudelani Yevropa Ligasi pley-off oʻyinida irqchilikda ogʻzaki haqoratda aybladi. Kudela irqchilik haqidagi daʼvolarni rad etdi va oʻyindan soʻng Kamara stadion kirish joyida UEFA rasmiylari va Rangers murabbiyi Steven Gerrardning koʻz oʻngida Kudelaga jismoniy tajovuz qilganini daʼvo qildi. 14-aprel kuni UEFA rasman Kamara va Kudelani aybdor deb topdi. Kudela irqiy haqorat qilgani uchun UEFAning 10 ta oʻyiniga diskvalifikatsiya qilindi, Kamara esa tajovuz qilgani uchun uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.
2021-yil 22-sentyabrda Kamara klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi, unga koʻra u klubda 2025-yilning yoziga qadar qoladi.
Terma jamoadagi faoliyat
Kamara Finlandiyanining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida toʻp surgan. U 2015-yilning iyun oyida Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida milliy terma jamoa safida zaxira oʻyinchisi boʻlgan. 2017-yil 9-noyabr kuni u oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. U 2018-yilning 15-oktyabr kuni UEFA Millatlar Ligasida Gretsiya ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda terma jamoa safidagi ilk golini kiritdi.
Kamara Finlandiyaning birinchi yirik turniri, UEFA Yeuro 2020 musobaqasiga terma jamoaga jalb etilgan.
Faoliyatidagi statistikasi
Xalqaro
Yutuqlar
Rangers Shaxsiy sovrinlari
Manbalar
uz.wikipedia.org