Güləbird




Güləbird (Gulabird) — Ozarbayjonning Lachin tumanidagi qishloq.

Tarixi



Qishloq Armaniston tomonidan bosib olingan Togʻli Qorabogʻ atrofida joylashgan boʻlib, 1993-yil avgustida Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi paytida etnik arman qoʻshinlari nazoratiga oʻtgan. Qishloq keyinchalik Kashatogʻ viloyati tarkibiga oʻtib, Artsax Respublikasining bir qismiga aylangan va Tsaghkaberd (armancha: Ծաղկաբերդ) nomi bilan atalgan. U Ozarbayjon tomonidan 2020-yil 9-noyabrda 2020-yilgi Tog‘li Qorabog‘ urushida Lachin hujumi paytida bosib olingan.

2021-yilda Güləbird GESi qayta ishga tushirilganligi eʼlon qilindi. Bu 8 MVt quvvatga ega kichik elektr stantsiyasidir.

Tarixiy meros obyektlari



Qishloq va uning atrofidagi tarixiy meros obyektlari orasiga gʻor, XII-XIII-asrdagi toshdan yasalgan Kronk cherkovi (armancha: Քրոնք) va XVII-XIII-asrdagi Kotrats koʻprigi (armancha: Կոտրած) kiradi.

Demografiyasi



Qishloqda 2005-yilda 271 nafar kishi, 2015-yilda esa 221 nafar kishi istiqomat qilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz