Gülbahar Hatun (Selim I ning onasi)
Ayşe Gülbahar Hatun (usmonli turkcha:کل بهار خاتون), Sulton Boyazid II ning turmush oʻrtogʻi va Selim I ning onasi edi. Shuningdek Sulaymon I ning buvisi hisoblanadi.
Ismlar
Eng eski manbalardan biri Cenabî tarixida uning ismini Ayşe Hatun deb atalgan. Sicill-i Osmanîda yozilishicha, uning ismi Gülbahar Hatun.
Kelib chiqishi
Dulqodiriylarning oʻn birinchi hukmdori Alauddevle Bozkurt bekning qizi Aysha Xotun bilan uzoq vaqt adashtirib ikkalovi bitta inson deb oʻylashgan. Uni baʼzan alban deb atashadi, lekin koʻpchilik tarixchilar uni Vayvara qishlogʻidan kelgan (Sumela monastiri janubida) yunon boʻlgan deb hisoblashadi.
Hayot
U 1469-yilda Amasiyadagi Boyazidning haramiga kirdi. Boyazid hali shahzoda paytida yaʼni 1470-yilda Salim I tugʻildi. 1481-yilda Fotih Mehmed vafot etgach, Boyazid Usmonlilar poytaxti Konstantinopolga oilasi bilan birga koʻchib oʻtdi.
Turk anʼanalariga koʻra, barcha shahzodalar hech boʻlmasa bir marta viloyat hokimi (Sanjak-bey) boʻlib tajriba orttirishlari kerak. Shahzodalarning onalari oʻz viloyatlarida oʻgʻillarining toʻgʻri boshqaruvi va xulq-atvori uchun mas’ul edilar. Gülbahar Hatun Valide Xotun sifatida tan olinmagan, chunki u 1505-yilda Salim taxtga oʻtirmasdan oldin vafot etgan. Uning qabri Trabzondagi Gülbahar Hatun masjidida joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org