Glazgo tabassumi




"Glazgo tabassumi" yoki "Chelsi tabassumi" (inglizcha: Glasgow smile, Chelsea grin, Chelsea smile) - ogʻiz burchaklaridan va deyarli quloqlarga qadar pichoq yoki boshqa oʻtkir narsa orqali kesilishdan kelib chiqqan yuzdagi jarohatlardir.

Davolashdan keyin yonoqlarda keng tabassumga oʻxshash izlar qoladi. Bunday jarohatlar berish usuli Glazgoning jinoiy muhitida paydo boʻlgan, keyin bu "tabassum" Chelsi futbol klubi muxlislari "Chelsi Headhunters" tomonidan qabul qilingan. Koʻpincha yonoqlarni toʻliq kesmaydigan, ammo jiddiy izlar qoldiradigan sayoz jarohatlar tufayli ushbu oʻziga xos "tabassum" paydo boʻladi.

Shafqatsizlarcha oʻldirilgan Elizabeth Short yonoqlarini ogʻzining burchaklaridan quloqlarigacha kesib tashlangan edi. Glazgolik taniqli aktyor Tommi Flenagan yoshligida koʻcha bezorilari tomonidan xuddi shunday jarohatlab ketilgan.

Yana qarang




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz