Gökhan Ünal
Gökhan Ünal (1982-yil 23-iyulda tugʻilgan) — turkiyalik sobiq professional futbolchi. Taxminan 20 yil davom etgan professional faoliyati davomida u 13 ta klubda oʻynagan, ayniqsa, Superliganing 2005-06-yilgi mavsumida eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.
2019-yildan buyon sobiq jamoasi „Kayserispor“da murabbiy yordamchisi sifatida ishlab kelmoqda.
Faoliyati
U 2003-yilda „Kayserispor“ safiga qoʻshilgan va 2005-06-yilgi mavsumda 25 ta gol urib, Superliganing eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Uning gol urish qobiliyati Yevropa musobaqalarida ham yaqqol namoyon boʻlgan, u oʻsha mavsumda Kayserisporning UEFA Intertoto kubogi musobaqasida 8 oʻyinda 6 ta gol urgan va ular Turkiyadan musobaqada gʻolib chiqqan birinchi jamoa boʻlishgan.
U bir qator top-klublarning eʼtiborini tortgan, xususan, 2007-yilda yozgi tanaffus vaqtida "Galatasaroy uni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi boʻlgan, biroq Kayserispor barcha takliflarni rad etgan, shuningdek, Rossiyaning „Rubin“ jamoasidan 6 million yevro evaziga taklif kelib tushgan klub maʼmuriyati bu taklifni ham rad etgan. U 2008-yilning 3-iyunida Trabzonsporga klub rekordi — 6,25 million yevro evaziga transfer qilingan.
Fenerbahche
2010-yilning 18-yanvarida Fenerbaxche „Trabzonspor“dan 2013-yilning iyunigacha 3,5 million yevro evaziga „Eskishehirspor“da ijarada boʻlgan yarim himoyachi Burak Yilmazni sotib olgan. Ünal Fenerbahche uchun ilk golini 14-fevral kuni Manisasporga qarshi oʻyinda 97-daqiqada urgan.
Ünal mavsumni yomon boshlaganidan soʻng 6 oylik ijara asosida Istanbul Buyukshehir Belediyesi SK jamoasiga yuborilgan.
Kayserisporga qaytish
Unal 2011-12-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasi asosida oʻzining eski klubi „Kayserispor“ga qaytgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro faoliyati
Uning Turkiya terma jamoasidagi hozirgi rekordi ham hayratlanarli, hozircha ilk oʻyinidayoq gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi. U shuningdek, 2007-yil 24-mart kuni Afinada Gretsiyaga qarshi oʻyinda (4:1) ikkinchi golni urib, milliy terma jamoaning 550-golini kiritgan. Oʻzining uchunchi golini 2007-yilning 12-sentyabrida Turkiya- Vengriya oʻyinida kiritgan.
Xalqaro maydondagi gollar
Yutuqlar
Gençlerbirliği Kayserispor Shaxsiy yutuqlar
Manbalar
uz.wikipedia.org