G‘izollar




Gʻizollar , ohular — quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugi. Uz. 85—170 sm, yagʻrinidan balandligi 50—110 sm, shoxi erkagi va urgʻochisida (jayranning urgʻochisi shoxsiz) lirasimon, uz. 25— 80 sm. 12 (boshqa maʼlumotga qaraganda 27 ga yaqin) turi bor. Afrika, Gʻarbiy Osiyo, Markaziy, Oʻrta va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Choʻl, dasht, oʻrmon-dasht, tekislik va togʻli hududlarda (3.5 ming m balandlikkacha) yashaydi. Oʻzbekistonda 1 tur — jayran tarqalgan. Gʻ. soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz