G’IZOLLAR



G’IZOLLAR, ohular –quvushshoxlilar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugi. Uzunligi 85-170 santimetr, yag’rinidan balandligi 50-110 santimetr, shoxi erkagi va urg’ochisida (jayranning urg’ochisi shoxsiz) lirasimon, uzunligi 25— 80 santimetr 12 (boshqa ma’lumotga qaraganda 27 ga yaqin) turi bor. Afrika, G’arbiy Osiyo, Markaziy, O’rta va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Cho’l, dasht, o’rmon-dasht, tekislik va tog’li hududlarda (3.5 ming metr balandlikkacha) yashaydi. O’zbekistonda 1 tur — jayran tarqalgan. G’izollar soni kamayib ketgan, bir qancha turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi qizil kitobiga kiritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz