G’IYOSIDDIN TUG’LOQ



G’IYOSIDDIN TUG’LOQ – Dehli sultonligi hukmdori (1320-25). Tug’loqiylar sulolasi asoschisi. Xitjiylar sulolasi vakili. Alovuddin xiljiy hukmronligi davri (1296— 1316) da mo’gullar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Saroy amaldorlarining Sulton Nosiruddin Xisravshohga qarshi fitnasi natijasida taxtga o’tirgan. Mulkdorlarni o’z tomoniga ag’darib olish maqsadida Alovuddin tomonidan tortib olingan yerlarni egalariga qaytargan. Xiljiylar sulolasining so’nggi vakillarining o’zaro kurashlari natijasida zaiflashgan davlat hokimiyatini mustahkamlagan, soliqlarni yo’lga qo’ygan. Sug’orish inshootlari barpo etish bilan qishloq xo’jaligining rivojlanishiga imkon bergan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz