Giyohvand moddani koʻp isteʻmol qilish va dori intoksikatsiyasidan oʻlganlar roʻyhati




Giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib yuborish va doridan zaharlanish tasodifiy oʻlimning muhim sabablari boʻlib, oʻz joniga qasd qilish shakli sifatida ham qoʻllanilishi mumkin. Oʻlim bitta yoki bir nechta dori-darmonlarni haddan tashqari oshirib yuborish yoki koʻp miqdorda giyohvand moddalarni isteʼmol qilish natijasida kombinatsiyalashgan holda yuzaga kelishi mumkin. Polopreparatlarnini qoʻllash koʻpincha bitta dorini qoʻllashdan koʻra koʻproq xavf tugʻdiradi, chunki qoʻshimcha taʼsirlarning koʻpayishi va dori reaksiyasi bunga sabab boʻladi. Misol uchun, opiatlarning haddan tashqari yuqori dozasi tufayli oʻlim ehtimoli, spirtli ichimliklar bilan birgalikda isteʼmol qilinganda sezilarli darajada oshadi.

Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va dori vositalarini dozasini oshirib yuborish 1800-yillarda baʼzi dorilari vositalarining savdoda erkin holatda muomilaga chiqarilishi tufayli sezilarli darajada oshdi. Misol uchun, afyun va koka asrlar davomida odamlarga maʼlum boʻlsada, ularning faol moddalari hisoblanmish morfin va kokain alkaloidi mos ravishda 1803 va 1855-yilgacha alohida holda ajratilmagan edi. Kokain va turli opiatlar keyinchalik ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlandi va Gʻarb dunyosida ochiq va qonuniy ravishda sotuvi yoʻlga qoʻyildi, natijada omma orasida undan notoʻgʻri foydalanish hamda giyohvandlik paydo boʻldi. Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va giyohvandlik 1853-yilda teri osti shpritsining ixtiro qilinishidan keyin sezilarli darajada oshdi. Dozani oshirib yuborish vena ichiga giyohvand moddalarni joʻnatuvchilar orasida oʻlimning asosiy sababi hisoblanadi. Giyohvand moddalarni taqiqlash boʻyicha harakatlar 20-asrning boshlarida amalga oshirila boshlangan. Giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib yuborish natijasida oʻlim holatlari koʻpaymoqda. 2000 va 2014-yillar oraligʻida Qoʻshma Shtatlarda oʻlimga olib keladigan dozani oshirib yuborish 137% ga oʻsgan, bu oʻsha davrda deyarli yarim million odam oʻlimga sabab boʻldi. Bundan tashqari Avstraliya,Shotlandiya, Angliya va Uelsda ham koʻrsatkichlar yuqori boʻlgan. Taʼqiqlangan dorilar odatda eng xavfli deb hisoblansa-da, retsept boʻyicha dori vositalaridan notoʻgʻri foydalanish bir necha mamlakatlarda koʻproq oʻlim holatlariga olib kelgan. Kokain va geroin birgalikda 2013-yilda Birlashgan Qirollikda retsept boʻyicha beriladigan dorilarga qaraganda kamroq oʻlimga olib kelgan. 2015-yil holatiga koʻra, Avstraliyada ortiqcha dozasi oʻlimga olib kelishi mumkin boʻlgan dori diazepam boʻlgan.

Ushbu roʻyhatda alifbo boʻyicha giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib yuborish yoki oʻtkir giyohvand moddalar bilan zaharlanish natijasida olamdan koʻz yumgan 621 taniqli shaxslar keltrilgan. Giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib yuborish yoki zaharlanish natijasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalardan oʻlimlar ham ushbu roʻyxatga kiritilgan.

Oʻlimlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz