Giuseppe Bergomi




Giuseppe Bergomi (italyancha: Giuseppe Bergomi)-italiyalik futbolchi, himoyachi.1963-yil 22-dekabrda Milanning sharqiy tomonidagi Settala shahrida tavallud topgan.U butun faoliyatini „Inter“ da oʻtkazdi va bu vaqt ichida 750 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.Italiya terma jamoasi tarkibida 1982-yilda jahon chempioni boʻldi.1991-yilda „Italiya Respublikasiga hizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi



Milanning sharqiy chekkasidagi Settala shahrida tugʻilgan va u yerda „Settaleze“ klubida futboldagi ilk qadamlarini qoʻygan.1979-yilda u Milanning "Inter" klubiga koʻchib oʻtdi.Bergomi shundan soʻng u yerda 17 yoshu ikki oyligida debyut qildi va shu tariqa bu klubni himoya qilgan eng yosh futbolchiga aylandi.Makedoniyalik Goran Slavkovski 2006-yilda uning rekordini yangilagan.Bergomi va u yerda 1999-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.U „Inter“ safida 758 ta oʻyin oʻtkazgan (shundan 519 tasi A Seriyada boʻlgan).Bu rekord ham 2011-yil 15-yanvargacha argentinalik futbolchi Xaver Sanettini yangilamaguncha klub tarixidagi eng yaxshi natija boʻlib qolayotgan edi.Jamoadagi bu faoliyati davomida 28 ta gol urdi.Italiya terma jamoasi safida u 81 ta oʻyin oʻtkazgan 6 ta gol urgan.33 ta oʻyinda esa terma jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan.

1981-yil 22-fevralda u A Seriyada „Inter“ tarkibida „Inter“ — „Komo“ (2:1) uchrashuvida debyut qildi.U Italiya terma jamoasidagi debyutini 1982-yilda GDR-Italiya (1:0) terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyinida oʻtkazgan va Fransiyada oʻtgan 1998-yilgi jahon chempionati tugaganidan keyin terma jamoadagi futbolchilik faoliyatini yakunlagan.Toʻrtta jahon chempionati ishtirokchisi (1982,1986,1990,1998).1994-yilgi jahon chempionatida italiyaliklarning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Arrigo Sakki Bergomini jahon chempionatiga boruvchi futbolchilar roʻyxatiga qoʻshmadi va u musobqada ishtirok etmadi.Italiya terma jamoasi tarkibida 1982-yilgi jahon chempionati gʻolibi

Yoshligidan qoʻygan moʻylovi uchun „Lo Zio“ laqabini olgan (ital.— "amaki").Hozirgi kunda Juzeppe Bergomi Sky Italia telekanalida futbol ekspertii sifatida ishlaydi.

Yutuqlari



Jamoaviy



Terma jamoa miqyosida

"Inter"

Shaxsiy




Italiya terma jamoasida jami 81 ta oʻyin oʻtkazib 6 ta gol urgan.Bu oʻyinlarning 46 tasida terma jamoa gʻalaba,17 tasida durang,18 tasida magʻlubiyat qayd etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz