GitHub




GitHub, Inc.  — Amerika Qoʻshma Shtatlarida joylashgan global shirkatlardan biri boʻlib, Gitdan foydalanib dasturiy taʼminotni ishlab chiqish hamda versiyalarni boshqarish uchun hosting beradi. U 2018-yildan buyon Microsoftga tegishli shirkat hisoblanadi. Bu tarqatilgan versiyani boshqarish va Gitning „manba kodlarini boshqarish“ (inglizcha: source code management, SCM) funksiyalarini, shuningdek oʻziga xos xususiyatlarini taqdim etadi. U kirishni boshqarish va har qanday loyiha uchun xatolarni kuzatish, xususiyatlarni soʻrash, vazifalarni boshqarish va wikilar kabi bir nechta hamkorlik xususiyatlarini taʼminlaydi.

Mashhurlik



Ilk shaxsiy ombor 2008-yil 12-yanvarda yaratilgan. 2011-yil soʻngiga kelib loyihada milliondan ortiq va ikki million roʻyxatdan oʻtadi. 2017-yil mart holatiga koʻra saytda 58 million ombor mavjud edi.
2008-yil soʻngida Github „Eng zoʻr debyut-startap“ mukofatini qoʻlga kiritadi.

Githubda Linux yadrosining chiqish kodi joylashtirilgan.
Koʻpgina yirik IT-kompaniyalar ushbu xizmatda oʻzlarining rasmiy omborlarini joylashtiradilar:

GitHub AQSh federal agentliklarining ochiq loyihalarini eʼlon qildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz