Girkan o'rmoni
Girkan oʻrmonlari (forscha: جنگلهای هیرکانی ozarbayjoncha: Hirkan meşələri) — Eron va Ozarbayjondagi Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlari boʻylab joylashgan. Turli hisob-kitoblarga koʻra, oʻrmon 18 000 km²dan 55 000 km² gacha boʻlgan maydonni egallaydi. Oʻrmonlarning nomi qadimgi yunoncha ularning oʻsadigan joyi — Girkaniya nomidan kelib chiqqan.
2019-yil 5-iyul kuni Eron hududida joylashgan Girkaniya oʻrmonlari YuNESKOning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritilgan.
Tavsif
Oʻrmon Kaspiy dengizi boʻyidagi qirgʻoq hududini va Elburz togʻlarining shimoliy yon bagʻirlarini qamrab oladi. U Eronning sharqdan gʻarbgacha boʻlgan besh viloyatining bir qismini oʻz ichiga olgan. Shimoliy Xuroson, Guliston (toʻliq janubiy va janubi-gʻarbiy viloyatlar hamda Goʻrgan tekisligining sharqiy rayonlarining bir qismi), Mozandaron, Gilon, Ardabil. Guliston milliy bogʻi va Shastkolatex suv havzasi Guliston va Mozandaron viloyatlarida joylashgan. Oʻrmonlarning bir qismi tijorat maqsadlarida foydalaniladi.
Ozarbayjonning janubi-sharqida joylashgan Lankaran pasttekisligi va Talish togʻlari oʻrmoin tarkibiga kiradi. Muhofaza qilinadigan hududlar dengiz sathidan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. 2004-yilda oʻrmon hududida Hirkan milliy bogʻi tashkil etilgan boʻlib, u toʻliqligicha Ozarbayjonning Lankaran va Astara viloyatlarida joylashgan. Dastlab, Girkan milliy bogʻi 1936-yilda tashkil etilgan Girkan davlat qoʻriqxonasi hududini egallagan. 2008-yilda uning hududi 2 barobarga kengaytirilgan.
Iqlimi nam subtropik, togʻlarda — nam kontinental, yogʻingarchilikning katta qismi kuz, qish va bahorda tushadi. Elburz togʻ tizmasi Yaqin Sharqdagi Kaspiy dengizining namligini ushlab turadigan eng baland togʻ tizmasi hisoblanadi.
Flora
Oʻrmonning asosiy xususiyati ignabargli daraxtlarning deyarli uchramasligidur.
Fauna
Bugungi kunga qadar oʻrmonda 180 turdagi qushlar, shuningdek, sutemizuvchilarning 58 turi qayd etilgan. Yirik sutemizuvchilardan: Kavkaz leopardi (Panthera pardus ciscaucasica), silovsin (Silovsis), qoʻngʻir ayiq (Ursus arctos), yovvoyi choʻchqa (Sus scrofa), boʻri (Canis lupus), chiyaboʻri (Canis aureus), toʻqay mushugi (Felis), boʻrsiq (Meles meles).
Oʻrmon hududi Rossiya va Afrika oʻrtasida koʻchib yuruvchi qushlar uchun muhim qoʻnib oʻtish maskani boʻlib, koʻplab qush turlari uchun asosiy yashash joyi hisoblanadi. Baʼzi turlar: kulrang gʻoz (Anser anser), oq gʻoz (Anser albifrons), Qirgʻovul (Plegadis falcinellus), oddiy gʻoz (Platalea leucorodia), qizil tomoqli gʻoz (Branta ruficollis), lochin (Falco peregrinus), dalmatian pelikan (Pelecanus crispus), pushti flamingo (Phoenicopter), oq boshli oʻrdak (Oxyura leucocephala).
Ozarbayjonda mavjud muhofaza etiladigan hududlar :
Erondagi mavjud qoʻriqlanadigan hududlar :
Manbalar
uz.wikipedia.org