Girdob (Vahdat tumani)




Girdob (sobiq Uzunariq) — Vahdat tumani Bozorboy Burunov MFY ga qarashli qishloq. Girdobdan shahar markazigacha 4 km; asfalt yoʻl. Aholisi 2116 nafar (2015).

U 1940-1941 yillarda tashkil topgan.

Iqtisodiyot



Qishloqda boshlang‘ich maktab, vrachlik punkti, yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 2 masjid, xususiy savdo markazlari mavjud. Iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, chorvachilik, gʻallachilik va sabzavotchilik. Yerlar „Norbobo“ daryosi orqali sugʻoriladi. Girdobda 37 ta kichik fermer xo‘jaligi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz