GIPOTONIK ERITMALAR – biologiyada osmotik bosimi o’simlik va hayvonlar to’qimalari hujayralaridagiga nisbatan past bo’lgan har xil eritmalar. Gipotonik eritmalarda hujayralar suvni so’rib olib, hajmi oshadi va osmotik faol organik va mineral moddalarning bir qismini yo’qotadi. Odam va hayvonlar qonidagi eritrositlar Gipotonik eritmalarda juda shishib ketishi tufayli hujayra qobig’i yorilib, yemiriladi. Bu hodisa gemoliz deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish