Giperyadro




Giperyadro — tarkibiga nuklonlardan tashqari giperon ham kiradigan atom yadrosi. Yadrolarning sekin harakat qilayotgan K-mezonlarni tutishi, yuqori energiyali zarralarning yadro nuklonlari bilan oʻzaro taʼsiri natijasida G.-ya. vujudga keladi. Natijada sekin harakat qiluvchi lyambda L°-giperon hosil boʻladi, bu giperon oʻz navbatida yadro bilan bogʻlangan sistemani paydo qiladi. G.-ya. yashash vaqti L°- giperonning yashash vaqti bilan aniqlanadi (=1010 s). Birinchi G.-ya.ni 1952 yilda polyak fiziklari M. Danish va Ye. Pnevskiylar topgan. Barcha maʼlum G.-ya.lar lyambda G.-ya.lar hisoblanadi, yaʼni L"-giperonli yadrolardan iborat.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz