Gipertireoz




Gipertireoz [giper... va lot. (glandula) thyreoidea — qalqonsimon bez] — qalqonsimon bez faoliyatining kuchayishi. Odatda, vaqtincha, maʼlum fiziologik sharoitlarda (homiladorlik, balogʻatga yetish, klimakteriya davri va h.k.) roʻy beradi. Ruhiy shikastlanish, baʼzan har xil kasalliklar (sil, revmatizm va b.), kamdan-kam hollarda boshdan kechirilgan kasalliklar oqibatida kelib chikadi. G.da bemor tez charchaydi, pulsi tezlashadi, qoʻli qaltiraydi, qattiq terlaydi, asosiy moddalar almashinuvi tezlashadi, ozib ketadi (yana q. Tireotoksikoz).

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz