Gipersten




Gipersten (giper... va yun. stenos — kuch, qattiqlik) — jins hosil qiluvchi mineral. Piroksenlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi (Mg, Fe2+),[Si2O6]. Rombik singoniyali. Prizmatik kristallar va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi toʻq yashil, qoʻngʻirdan qoragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Qattiqligi 5—6. Zichligi —3300–3500 kg/m3. Oʻta asosli magmatik jinslarda uchraydi. Rossiya Federatsiyasi (Slyudyanka), Ukraina (Golovin), Bavariya (Bodenmays), Kanada, Eron, Indoneziyada va b. mamlakatlarda topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol (Shovozsoy), Qurama (Oqtepa, Qoʻrgʻoshin) va Tomditovda bor.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz