GIPEROSMIYA



GIPEROSMIYA (giper… va Yunoncha Osme — hid, hid sezish) — hidga o’ta sezgirlik holati. Ko’proq homiladorlikda kuzatiladi; biror kasallik belgisi bo’lishi ham mumkin. Giperosmiyaga burun bo’shlig’i shilliq pardasidagi har xil hidlarni aniqlovchi va “tutib oluvchi” nerv tolalari reseptor nuqtalarining ortiqcha qo’zg’alishi sabab bo’ladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz