Giperinflyatsiya




Giperinflyatsiya (yun. giper... va lot. infl atio — koʻtarilish) — tovarlar narxining shiddat bilan kutarilishi, muomaladagi pul massasining koʻpayishi; pul birligi qadrining keskin pasayishiga, toʻlov muomalasining izdan chiqishiga, odatdagi xoʻjalik aloqalarining uzilishiga olib keladi. Odatda narxning oʻsish darajasi oyiga 1,5 barobar yoki 50% ga yetganda G. jarayoni boshlangan hisoblanadi. G. bilan inflyatsiya oʻrtasidagi chegarasini aniqlash juda qiyin. G.ning yana bir muhim belgisi — korxona, tashkilotlar va aholi nima qilib boʻlsa ham pulni tovarga aylantirishga urinadi, tovar sotib olish mumkin boʻlgan, qadri yuqori pul — valyuta yigʻa boshlaydi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib boʻlmaydi, barter avj oladi, pul oʻz vazifalarini bajarmay qoʻyadi. G. iqtisodiy tanglik belgisidir. G. aksariyat hollarda oʻta tasodifiy siyosiy va iqtisodiy omillar — urushlar, iqtisodiy tanazzul, xukumat siyosati tufayli aholining pulga ishonchsizligi va b. natijasida kelib chiqadi. 20-asrning 20-y.lari boshida Germaniyada va Ikkinchi jahon urushi davrida Xitoyda yaqqol kuzatilgan. G.ning oldini olish uchun shoshilinch holda inflyatsiyaga qarshi choralar koʻriladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz