Giperbazitlar




Giperbazitlar (giper... va yun. basis — asos) — Yer poʻstining chuqur Femida magmaning sekin-asta sovib qotishidan hosil boʻladigan oʻta asosli intruziv jinslarning umumiy nomi. G. tarkibidagi minerallarga karab: olivinit, dunit, piroksenli olivinit, peridotit, piroksenitga boʻlinadi. Mineral tarkibi olivin, piroksen, amfibol va rudali minerallardan tashkil topgan. Rangi yashil, krramtir. Oʻzbekistonda Sulton Uvays, Beltov, Nurota togʻlarida uchraydi. G. bilan xromit, platina, olmos, titan, nikel konlari bogʻliq. G. binokorlikda va haykaltaroshlikda bezash materiali sifatida ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz