Giperaktivlik




Giperaktivlik  — bu odamning jismoniy faolligi va qoʻzgʻaluvchanligi meʼyordan oshib ketadigan, noadekvat va samarasiz boʻlgan holat . Giperaktivlik — bu asab tizimining muvozanatsizligi belgisi. Bu holat, asosan, notoʻgʻri harakat faoliyatida namoyon boʻladi: bolalarda oldinga va orqaga yugurish, shov-shuvlilik, shuningdek, gapiruvchanlik, kattalarda — harakatchanlik, bezovtalik, atrofdagilarning oʻzlarining bezovtalanishiga toqat qilolmaslik shaklida namoyon boʻluvchi faoliyat .

Giperaktivlikning sabablari va belgilari



Bolalarda giperaktivlik



Giperaktivlik turli xil ruhiy kasalliklarga ega boʻlgan bolalarda paydo boʻladi. Bular: aqliy zaiflik va stereotipik harakatlar bilan birgalikda giperaktiv buzulish bilan (ICD-10 kodi: F84.4), giperkinetik buzilishlar : faoliyat va diqqatning buzilishi (bu tashxisga giperaktivlik va diqqat yetishmasligi kiradi, qisqartma GDYe); ICD-10 kodi: F90.0), giperkinetik xatti-harakatlarning buzilishi (ICD-10 kodi: F90.1) va boshqa giperkinetik kasalliklar (ICD-10 kodi: F90.8).

Statistik maʼlumotlarga koʻra, giperaktivlik (GDYe doirasida) oʻgʻil bolalarda 3 marta koʻproq uchraydi.

Giperaktivlik koʻpincha GDYe ning bir qismi sifatida uchraydi. Odatda bolalarda GDYe belgilari 4 yoshdan boshlab paydo boʻla boshlaydi . Shifokorga murojat qilishning oʻrtacha yoshi 8-10 yoshni tashkil qiladi: bu yoshda oʻqish va uy ishlari boladan mustaqillik va diqqatni jamlashni talab eta boshlaydi .

Bolalarda giperaktivlikning asosiy belgilari:

Kattalardagi giperaktivlik



Oʻsmirlik davridagi GDYe da giperaktivlik odatda bezovtaligi, sabrsizlik, ichki qoʻzgʻaluvchanlikning kuchayishi hissi bilan chegaralanadi. Bolalik davriga xos boʻlgan qoʻzgʻaluvchanlik koʻpincha boʻlmaydi . Voyaga etganidagi GDYe da giperaktivlik kamayishi mumkin, ammo diqqat bilan bogʻliq xarakterli muammolar saqlanib qoladi .

Giperaktivlik maniakal fazadagi bipolyar affektiv buzuqlish va shizoaffektiv buzuqlik bilan ogʻrigan bemorlarda haddan tashqari faollik koʻrinishida , demans („qarilik demans“) bilan ogʻrigan baʼzi bemorlarda tartibsiz shovqin , vaqtinchalik giperaktivlik — oʻtkir intoksikatsiya bilan psixostimulyatorlar (masalan, kokain, metamfetamin) koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin .

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz