Giovanni Battista Pergolesi




Giovanni Battista Pergolesi (taxallusi: Jovanni Batista Pergolezi; 1710.4.1, Yezi, Ankona — 1736.17.3, Neapol yaqinidagi Potssuoli) — italyan kompozitori, Neapolitan opera maktabining yirik vakili. Pergolesi —10 opera, konsert, oratoriya, triosonatalar, diniy musika (jumladan, mashhur "Stabat mater", 1735) va boshqa muallifi. Buff opera asoschisi. Uning "Choʻri-beka" (1733) asari mazkur janrning dastlabki mumtoz namunasi boʻlib, boshqa mamlakatlarda xalqchil va demokratik operaning rivojlanishida muhim rol oʻynadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz