Giorgi Kvirikashvili




Giorgi Jemalovich Kvirikashvili (gruzincha: გიორგი ჯემალის ძე კვირიკაშვილი) — Gruziya siyosat va davlat arbobi. Avvalroq u Gruziya Bosh vaziri (2015-2018), hukmron „Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya“ partiyasi raisi (2015-2018) boʻlgan.

Taʼlim



1984-yilda V. M. Komarov nomidagi fizika-matematika maktab-internatini tamomlagan. 1984-1991-yillarda Tbilisi davlat tibbiyot universitetida umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligida tahsil olgan. 1986-1988-yillarda sovet armiyasi saflarida majburiy harbiy xizmatga chaqirilgan. 1990-1995-yillarda Ivane Javaxishvili nomidagi Tbilisi Davlat universitetining iqtisodiyot fakultetida sanoatni rejalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan. 1997-1998-yillarda Illinoys universitetida tahsil olgan, moliya sohasida fan magistri darajasini olgan.

Faoliyati



1993-1996-yillar — moliyaviy faoliyatini United Georgian Bankda boshlagan. Kredit bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi;

1996-1997-yillar — Eksport-Import bank vitse-prezidenti;

1997-1998-yillar — United Georgian Bank boshqaruv departamenti filiali direktori;

1999-yildan davlat idorasida ishlagan. Moliya, valyuta va tashqi iqtisodiy xizmat boshligʻining oʻrinbosari. Gruziya hukumati va USAID qoʻshma dasturining Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish guruhi rahbari;

1999-2004-yillar — Gruziya parlamenti aʼzosi, Iqtisodiy siyosat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;Atirgullar inqilobi va Mixail Saakashvili hokimiyat tepasiga kelganidan keyin u davlat ishini tashlab, biznesga qaytdi;

2004-2006-yillar — Birinchi Tijorat Banki ijroiya direksiyasi maslahatchisi;

2006-2011-yillar — Kartu Bank bosh direktori;

2012-yil 25-oktyabrda Bidzina Ivanishvili boshchiligidagi Gruziyaning yangi hukumatida Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri;2015-yil 1-sentyabrda Gruziya Tashqi ishlar vaziri;

2015-yil 30-dekabr Gruziya parlamenti yalpi majlisda uning nomzodini maʼqullagan va u taqdim etgan hukumat tarkibi qo‘llab-quvvatlaganidan keyin Giorgi Kvirikashvili Gruziya bosh vaziri bo‘ldi.

2018-yil 13-iyunda Kvirikashvili isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Yangi hukumat tuzilgunga qadar eski hukumat o‘z vazifalarini bajarishda davom etdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz