Giorgi Gaxariya




Giorgi Zaurovich Gaxariya (gruzincha: გიორგი ზაურის ძე გახარია) — Gruziya davlat va siyosat arbobi. Avvalroq u 2019-yil 9-sentyabrdan 2021-yil 18-fevralgacha Gruziya Bosh vaziri, Gruziya Ichki ishlar vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari (2017-2019), Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri (2016-2017) bo‘lgan.

Biografiya



Taʼlim



Giorgi Gaxariya Tbilisi Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan. 1994-2000-yillarda Moskva Davlat universitetida (siyosiy fanlar fakulteti, siyosatshunoslik magistri) tahsil olgan. 2002-2004 yillarda Moskva davlat universitetining Oliy biznes maktabida tahsil olgan.

Gruziya hukumatida ishlash




Xususiy biznesda ishlagandan soʻng (SFK Groupda - Bosh direktor; Lufthansa Service Holding AGda - Sharqiy Yevropa, MDH va Rossiya boʻylab biznesni rivojlantirish boʻyicha direktor), 2013-yil mart oyida u Gruziya biznes-ombudsmanı etib tayinlandi. 2014-yil dekabr oyidan boshlab u Gruziya hukumati iqtisodiy kengashi kotibi lavozimini birlashtirdi. Giorgi Kvirikashvili bosh vazir boʻlgach, 2016-yilning noyabrida Giorgi Gaxariyani Iqtisodiyot vaziri lavozimiga oʻzining oʻrniga tayinlagan edi. 2017-yil 13-noyabrda Gaxariya Gruziya ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Gruziya bosh vaziri oʻrinbosari lavozimini ham egalladi.

2019-yil 3-sentyabrda Mamuka Baxtadze isteʼfoga chiqqanidan soʻng u Gruziya Bosh vaziri lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 9-sentyabr, dushanba kuni u hukumat rahbari lavozimini egalladi. 2021-yil 18-fevralda Giorgi Gaxariya muxolifatchi siyosatchi Nikanor (Nika) Meliyani hibsga olish qarori yuzasidan partiyadoshlari bilan kelishmovchiliklar tufayli isteʼfoga chiqdi.

Oʻz partiyasini yaratish



2021-yilning may oyida u “Gruziya uchun” partiyasiga asos solgan va Tbilisi meri uchun saylovda ushbu partiyadan ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz