Ginzburg Aleksandr Osipovich




Ginzburg Aleksandr Osipovich (1916, Mariupol — 1973.23.6, Toshkent) — teatr rejissyori. Oʻzbekistan xalq artisti (1959). Toshkent yosh tomoshabinlar teatri (1946—51), Hamza teatri (195158, 1960-65, 1971-73), Toshkent rus drama teatri (1958—60) bosh rej. Toshkent davlat sanʼat institutida oʻqituvchi (1951—65). Sahnalashtirgan spektakllari: "Dengizdagilar sharafiga", "Aybsiz aybdorlar", "Yulduzlar jamoli" (T. Xoʻjayev bilan hamkorlikda), "Turkiya haqida qikoya" (A. Turdiyev bilan hamkorlikda), "Ogʻriq tishlar", " Qaroqchilar". "Soʻnggi pushaymon", "Gang daryosining qizi", "Jazoir — mening Vatanim", "Yuliy Sezar", "Mirzo Ulugʻbek", "Tobutdan tovush", "Nomaʼlum kishi", "Qonli sarob", "Qashshoq qalb egasi" va b.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz