Gino Odjick




Wayne Gino Odjick (talaffuzi: Ueyn Gino Odjik) (1970-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) —kanadalik sobiq professional xokkeychi. Gino Odjick 1990—2002-yillarda Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Vancouver Canucks“, „New York Islanders“, „Philadelphia Flyers“ va „Montreal Canadiens“ kabi xokkey jamoalarida oʻn ikki mavsum oʻynagan.

Yoshligi



Gino Odjick Quebecning Maniwaki shahri yaqinidagi Kitigan Zibi nomli qoʻriqxonada tugʻilgan. Gino Odjickning otasi Joe ikkinchi jahon urushi paytida, 1944-yilda, Fransiyada oʻldirilgan. Toʻqqiz yoshida Gino Odjick Ontario shtatidagi ispan tilida dars oʻtiladigan maktabga yuborilgan.

Gino Odjick yoshligidan xokkey oʻynay boshlagan. Gino Odjick 1983-yilda Quebecdagi xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Maniwaki shahridagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

Oʻyin faoliyati



Gino Odjick „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 1990-yilgi NHL kirish loyihasida 86-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Gino Odjick „Canucks“ xokkey klubi safida hujumchi sifatida harkatlandi. 1993—1994-yilgi NHL mavsumida Gino Odjick 16 ta gol va 13 ta golli uzatma bilan 29 ochkoga ega boʻldi. Gino Odjick 1990—1991-yildan 1997—1998-yillargacha „Canucks“ xokkey klubi safida jami 8 mavsumda oʻynadi. Oʻsha mavsumlarning oltitasida Gino Odjick 200 dan ortiq jarima daqiqalarini va ikki marta 300 dan ortiq penaltini amalga oshirdi.

1997—1998-yilgi mavsumida Gino Odjick „New York Islanders“ xokkey klubiga almashtirildi. Gino Odjick klub safida 1999—2000-yilgi mavsumgacha oʻynadi. Shundan soʻng, Gino Odjick „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjick 2000—2001-yillardagi mavsumda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjickning NHLdagi soʻnggi mavsumi 2001—2002-yillarda "Montreal Canadiens“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Gino Odjick 2002-yilda xokkeyni tark etdi.

Pensiyaga chiqqanidan keyin



2003-yilda Gino Odjick Vancouverga qaytib keldi va Musqueam Golf & Learning Academyni boshqarish uchun Musqueam First Nation bilan hamkorlik qildi. Gino Odjick hali ham Vancouverda istiqomat qiladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz