Gina Gershon




Gina L. Gershon (1962-yil 10-iyunda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U Cocktail (1988), Red Heat (1988), Showgirls (1995), Bound (1996), Face/Off (1997), The Insider (1999), Demonlover (2002), P.S. I Love You (2007), Five Minarets in New York (2010), Killer Joe (2011) hamda House of Versace (2013) kabi filmlarda bir qancha rollarni ijro etgan. Aktrisa FX telekanali efirga uzatgan Rescue Me va HBOda efir yuzini koʻrgan How to Make It in America filmlarida yordamchi rollarni ijro etgan. Shuningdek, The CWda tomonidan efirga uzatilgan oʻsmirlar hayoti haqidagi Rivedale serialida Gladys Jones rolini tasvirlagan.

Yoshligi



Gina Los Angelesda interyer dekorator Mickey Gershon (qizlik familyasi: Koppel) va import-eksport bilan shugʻullanuvchi savdogar Stan Gershonlar oilasida tugʻilgan. U L.A.ning San-Fernando vodiysida yahudiy oilasida katta boʻlgan. Aktrisaning akasi va opasi bor. Gina har doim aktrisa boʻlishni xohlaganini taʼkidlagan lekin uning faoliyati musiqa va raqs orqali boshlangan.

Faoliyati



Gershon New Yorkdagi Square Professional teatr maktabiga qatnashib, avval David Mamet bilan, keyinroq Harold Guskin va Sandra Seacat bilan ishlagan. Aktrisa intervyularida ularning „taʼsiri katta“ deya taʼkidlab oʻtgan. Uning dastlabki professional rollari Camille va The Substance of Fire spektakllarida boʻlgan. U New Yorkda joylashgan Naked Angels teatr guruhining asoschilaridan biridir.

Uning tanaffus Pretty in Pink (1986) filmida kichik bir epizodda koʻrinish beradi. Shundan keyin, Nancy Allen bilan Sweet Revenge, Tom Cruise va Elisabeth Shue bilan Cocktail va John Saylesning City of Hope (1991) dramasida bir qator muhim rollarni ijro etadi. Shuningdek, 1991-yilda u Steven Seagal qarshisida Out for Justice filmida suratga tushdi va u filmdagi yovuz qahramon Richi Madanoning (William Forsythe) singlisi Patti Madano rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti



2015-yilda Gershon belgiyalik futbolchilikdan mebel dizaynerligi sohasiga oʻtgan Bobby Dekeyser bilan ishqib munosabatlarni boshlagan. Ular 2018-yilning yanvar oyida munosabatlarini yakunlashdi.

Filmografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz