Gillis Grafstrom
Gillis Emanuel Grafstrom (1893-yil 7-iyun – 1938-yil 14-aprel) shvedsiyalik, figurali uchish boʻyicha sportchi boʻlgan. Shvetsiya davlatining Stokgolm shahrida dunyoga kelgan. Ketma-ket uch marta erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada, Olimpiya oltin medalini (1920, 1924, 1928) qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uchta Jahon chempionatida (1922, 1924, 1929) va 1932-yilda xuddi shunday musobaqada Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan. U va Eddie Eagan ham yozgi ham qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan yagona sportchilar hisoblanishgan. Grafstrom Yozgi va Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan kam sonli sportchilardan biri. U Olimpia chempionlari ichida eng yoshi katta figurali uchuvchisi hisoblanadi.
Biografiyasi
1914-yilda Grafstrom Birinchi jahon urushidan oldin, soʻnggi Jahon Chempionatida qatnashgan. Urushdan soʻng, Grafstrom ketma-ket uch marta (1920, 1924 va 1928) Olimpiadada oltin medalni va 1932-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Uning Antverpdagi birinchi Olimpiadasida konkilaridan biri sinib qiolgan va u yangisini sotib olish uchun shaharga borishi kerak boʻlgan. Afsuski, oʻzi uchun qulay boʻlgan konkilar topa olmagan. Shunga qaramasdan, bu musobaqada yutib chiqqan. 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlari holatiga koʻra, u figurali uchish boʻyicha yakkalik erkaklar bahsida uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan konkichi boʻlib qolmoqda.
1932-yilgi Lake-Placiddagi soʻnggi Olimpiadasida u muz ustida suratkash bilan toʻqnashib ketgan va shunda ham ikkinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻlgan. Keyinchalik, norvegiyalik Sonja Heniega murabbiylik qilgan.
Grafstrom 1938-yilda Germaniyaning Potsdam shahrida 44 yoshida qonining zaharlanishidan vafot etgan. Bugungi kunda, Potsdamda uning nomiga qoʻyilgan koʻcha mavjud. 1976-yilda Butunjahon figurali uchish shon-shuhrat zalida uning nomi eʼtirof etilgan. Bundan tashqari, Grafstrom 1929-yilda ''Svenska Dagbladet'' oltin medalini qoʻlga kiritgan(Sven Utterstrom bilan birgalikda).
Oʻrinlar
Manbalar
uz.wikipedia.org