Gillian Jacobs




Gillian Maclaren Jacobs (1 982-yil 12-oktyabrda tug'ilgan) - amerikalik aktrisa va rejissor. U "NBC"ning komediya seriyali hisoblangan "Community"(Jamiyat) (2009—2015)dagi Britta Perry rollari bilan tanilgan. "Netflix" romantik komediya seriyasida "Love" (Sevgi) (2016—2018)dagi Mickey Dobbs va "Amazon" animatsion serialidagi "Invincible"(Yengilmas) (2021)Atom Eve roli ham uni mashhur qilgan edi. U "HBO" komediya-drama seriyali hisoblangan "Girls"(Qizlar)dagi Mimi-Rose Hovard rolini ijro etgan edi. "life Partners"(Hayot sheriklari) (2014), "Hot Tub Time Machine 2" (2015), "Don't Think Twice"(ikki marta o'ylamang) (2016), "Brother Nature"(Birodar tabiat) (2016), "Life of the Party"(Partiya hayoti) (2018), "Ibiza" (2018), "I Used to Go Here" (2020) va "The Fear Street"(qo'rquv ko'chasi) trilogiyasi kabi filmlarda ham rollar ijro etgan.

Yoshlik yillari



Jacobs 1982-yil 19-oktyabrda Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida tug'ilgan. Uning onasi Martina Magenau Jacobs Karnegi Mellon universitetida ishlaydi. Otasi kichik Willam F. Jacobs esa "Investitsiya banki" bankiri bo'lgan. Uning otasi 2013-yilda vafot etgan. U Pensilvaniya shtatida onasi bilan katta bo'lgan. Uning oilasi pivo zavodiga egalik qilgan.

Jacobs to'rt yoshida aktyorlik san'atini o'rganishni boshladi va Pitsburg o'yingohida dam olish kunlari aktyorlik darslarida qatnashdi. U Pitsburg jamoat teatrida ishtirok etdi, u yerda Shekspir monologlarida qatnashgan. Teatrdagi ishlari tufayli "A Midsummer Night's Dream" filmida Titania rolini ijro etgan. 2000-yilda o'rta maktabni tugatgandan so'ng, u Juilliard maktabida o'qish uchun Nyu-York shahriga ko'chib o'tdi va u yerda 2004-yilda "BFA" diplomini oldi.

Faoliyati




Jacobsning birinchi aktyorlik roli "The Book of Daniel"(Daniel kitobi) teleserialidagi Adel Congreve edi. Keyinchalik Jacobs "Fringe" va "Law & Order: Criminal Intent" filmlarida kichik rollarni ijro etdi. 2006-yilda u Christofer Denxemning "Off-Off Broadway" filmida rol o'ynadi. Filmga bo'lgan munosabat salbiy bo'lsa-da, Jacobs bir nechta sharhlarda maqtovga sazovor bo'ldi. The New York Times uning kelajakdagi porlashini bashorat qilib, o'quvchilariga "Julliardning ajoyib bitiruvchisi Gillian Jacobsning ismini eslab qolishni" maslahat berdi.

Jacobs "The Fabulous Life of a Size Zero"(Nol o'lchamdagi ajoyib hayot) (2007), "A Feminine Ending"(Ayollarning oxiri) (2007), va "The Little Flower of East Orange"(Sharqiy apelsinning kichkina guli) (2008) kabi teatrlashtirilgan spektakllarda ishtirok etgan. 2009-yil mart oyida u "NBC"ning komediya seriali "Community"(Jamoa)da psixolog bo'lishni orzu qilgan, ammo o'rta maktabni tashlab ketgan Britta Perry rolini ijro etgan. U "Blackbird"(2007), "Choke" (2008), "Gardens of the Night"(Tun bog'lari) (2008), "The Box"(Quti) (2009), "Revenge for Jolly"(Qo'shqin uchun qasos!) (2012), "Bad Milo!" (2013), "Walk of Shame"(Sharmandalar yurishi) (2014), "The Lookalike"(Oʻxshash) (2014), "Hot Tub Time Machine 2" (2015), "Visions" (2015), "Brother Future"(Birodar Tabiat) (2016) filmlarida rollar ijro etgan. U, shuningdek, "Nickelodeon" kinosi hisoblangan "Monsters vs. Aliens" dagi qahramon rollarga ovoz bergan.

2014-yil iyun oyida "Yahoo!Screen" tomonidan "Community"ning oltinchi mavsumini suratga oladi. 2014-yil 16-sentabrda Jacoobs 2016-yilning 19-fevralidan 2018-yilning 9-martigacha boʻlgan Netflix original komediya seriali "Love"(Sevgi)dagi Mikki rolini ijro etishi e'lon qilingan.

Jacobs 2015-yilda texnikalar mutaxasisi va Qo'shma Shtatlar dengiz floti kontr-admirali Grace Hopper haqidagi "The Queen of Code"(Kod qirolichasi) qisqa metrajli hujjatli filmini ishlagan. 2018-yilda u "TNT" va "Refinery29" tomonidan ishlab chiqarilgan serialning bir qismi sifatida qisqa metrajli “Curated” filmini boshqargan.

2020-yilda Jacobs rejissor Kris Rey tomonidan suratga olingan “I Used to Go Here” komediya-drama filmida rol oʻynadi. 2020-yilda u "Marvel" faoliyatiga taʼsiri haqidagi "Marvel’s 616" hujjatli serialining “Higher, Further, Faster” epizodini o'zi boshqargan.

Shaxsiy hayoti



"Community" va "Love" filmlarida mayxo'r insonlar ko'rinishda chiqsa ham, Jacobs haqiqiy hayotda teetotalerdir (spirtli ichimlik ichmaydigonlar). Uning so'zlariga ko'ra, oilasidagilarning giyohvandlik bilan kurashayotganini ko'rib hech qachon spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilmaslikka qasam ichgan. U otasi giyohvandlik bilan kurashganini va o'z hayotini xuddi otasinikiday buzilishidan qo'rqib ketganini aytgan.

Qilgan ishlari (Filmografiyasi)




Badiiy filmlar




Televizion seriallar




Veb




Teatrda




Mukofotlar va nominatsiyalar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz