Gilles Lipovetskiy
Gilles Lipovetsky (1944-yil 24-sentabrda tugʻilgan) – fransuz faylasufi, yozuvchisi va sotsiologi hisoblanadi. Grenobledagi Stendhal universiteti professori lavozimida uzoq muddat ishlagan. U yuzdan ortiq shogirdlarni tarbiyalagan.
Hayoti va faoliyati
Lipovetsky 1944-yilda Fransiyaning Millau shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. U Grenoble universitetida falsafa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. 1968-yilda Parijdagi talabalar qoʻzgʻolonida fransuz taʼlim modelini oʻzgartirish uchun faol ishtirok etgan.
Gilles Lipovetsky oʻzining akademik faoliyatini oʻqituvchilik darslar berishdan boshlagan. Birinchi kitobining muvaffaqiyati tufayli Gilles dunyo ahliga tanildi. U XX asrning soʻnggi fransuz ziyolilaridan biriga aylandi.
Xizmat muddati bilan bir qatorda u Québec (Kanada)dagi Sherbrook universiteti va Sofiyadagi New Bolgarian universitetining ikkita faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan. Gilles oʻzining faol harakatlari bilan nafaqat keng ommani, balki, Fransiya hukumatining ham koʻziga tashlanadi. Shunda u Fransiya Senat hukumatining sotsial-tahlil kengashi aʼzosi sifati ham faoliyat olib borgan. Lipovetsky Faxriy legion ordeni unvoniga sazovor boʻlgan. Faollik harakatlari faqatgina Fransiya bilan cheklanibgina qolmay, 2015—2017-yillarda u Prix Versailles hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.
Lipovetskyda psixolog yoki sotsiologik nutq uslubiga ega emas edi. Faylasuflarning imo-ishorali nutqiga oʻxshash nutq odoblari ham unda deyarli yoʻq edi. Lipovetsky badiiy adabiyotda biror asar yozmasa ham, uning boshqa sohalarda ijod qilishida frantsuz adabiyotining ham kuchli taʼsir bor.
Yozma meros naʼmunalari
Manbalar
uz.wikipedia.org