Gileyli masjidi




Gileyli masjidi (ozarbayjoncha: Gileyli məscidi) yoki Jomard Garay masjidi (ozarbayjoncha: Comərd Gəray məscidi) – XIV asrga oid tarixiy masjid, Ozarbayjonning Eski Boku shahridagi Mirza Mansur koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi



Gileyli masjidi ikki bosqichda qurilgan: 1309-yilda Shirvonshohlar davrida hamda XIX asrning ikkinchi yarmida. Avvaliga masjidning eshiklari yongʻoq daraxtidan boʻlgan, lekin keyinchalik bu eshiklar yoqib yuborilgan.

Arxitekturaviy xususiyatlari



Gileyli masjidining qadimgi qismi xochsimon gumbazli kompozitsiyaga ega. Burchaklariga kichik-kichik xonalar joylashtirilgan. Aniq mutanosib, profilli, meʼmoriy elementlar va detallar bilan bezatilgan mehrob oʻzining qattiqligi va katta massalar tektonikligi bilan ajralib turadigan zalning ichki qismini boyitadi.

Gileyli masjidining XIX asrda qurilgan yangi qismi bino sxemasining yaxlitligiga taʼsir qilmaydi, aksincha qulayligini yanada oshiradi. Masjidning uchli gumbazi bino kompozitsiyasining ajralmas qismiga aylangan. Bino qurilishida Yevropa meʼmorchilik kompozitsiyasining yangi elementlari joriy etilgan boʻlib, bu uslub fasad tuzilishida yaqqol koʻzga tashlanadi.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz