Gilels Emil Grigoryevich




Emil Grigoryevich Gilels [1916.6(19).10, Odessa -1985, Moskva] —atoqli pianinochi va pedagog. Odessa konservatoriyasi (1935).hamda Moskva konservatoriyasining Oliy mahorat maktabini (1938) tugatgan. Vir necha xalkaro pianinochilar tanlovining gʻolibi (Moskva, 1933; Vena, 1936; Bryussel, 1938). 1938-yildan Moskva konservatoriyasida oʻqituvchi, 1952-yildan professor Noyob mahorat, mukammal texnikasi, 50 yildan ziyod davom etgan konsert faoliyati tufayli Gilels 20-asrning eng mashhur virtuoz ijrochilari qatoridan oʻrin olgan. Ijro uslubiga kuchli his-hayajon, chuqur mazmun, asarlariga yangicha talqin bilan yondashish xos. Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida, jumladan Oʻzbekistonda ham bir necha marta gastrolda boʻlgan. Londondagi Qirol musika akademiyasi, Budapeshtdagi F. List nomidagi musiqa akademiyalarining faxriy aʼzosi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz