Giladlik Yair




Giladlik Yair (ivritcha: יאיר Yair ha- Giladi) — Isroil qozisi, Menashe qabilasiga mansubligi taxmin qilinadi. Iordan daryosining sharqida joylashgan Gilad shahridan. Uning ismi „Xudo yarlaqagan, munavvar“ degan maʼnoni anglatadi. Eski Ahdda tilga olingan (Hakam. 10:3-5).

Fola vafotidan keyin yigirma ikki yil Isroilni boshqargan. Uning oʻttizta eshak minadigan oʻttiz oʻgʻli va Giladdagi oʻttizta shahri bor edi, bu shaharlar Yair qishloqlari nomi bilan mashhur boʻlgan.

Yair vafot etgan va Iosif Flaviyning soʻzlariga koʻra, Giladdagi Kamonga dafn qilingan (ivritcha: קָמוֹן).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz