G‘ijjakdoshlar




Gʻijjakdoshlar — gʻijjaknamolar qabilasiga mansub oila. Asosan, koʻp yillik ildizpoyali oʻtlardan iborat. Yer yuzida 2 turkumga kiradigan 100 ga yaqin turi tarqalgan. Oʻzbekistonda Gʻ.ning gʻijjak (Ro1ato§e1op G..) turkumiga kiruvchi 11 turi oʻsadi. Poyalari shoxlangan. Barglari ingich-ka, qalami, nashtarsimon, uz. 1,5 sm dan 50 sm gacha. Gullari mayda, koʻrimsiz, 2 jinsli, gulqoʻrgʻoni yoʻq. Changchi va urugʻchilari 4 tadan. May—sentabrda gullab meva beradi. Mevasi yongʻoqchasimon.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz